Skip to main content

Iymon va huzun

Said Chamlija » Iymon va huzun».

Bu asar kitob do’konidagi rastada ko’rganimdayoq kitobni o’qishim kerakligini qalban his qilganman.O’zi mo’jazgina asar lekin butun ma’noni o’z ichiga olgan.Asarni o’qir ekansiz vaqt, imtihon, sinovlar, sabr, iymon, mehr – muhabbat va yana shunday hayotdagi bari voqealar va hissiyotlarimiz Alloh bergan taqdir ekanligi, ne’mat ekanligini anglab yetasiz. «Sinovlar bo’lmaganida Robbimiz huzuriga quruq qo’l bilan borgan bo’lardik» Temirni o’tda tovlab  haqiqiy qilich holiga keltirilganidek, biz ham sinovlar ila haqiqiy inson haqiqiy banda bo’la olamiz. Bu berilgan vaqt kun kelib bizga do’st bo’lishi uchun undan unumli foydalanish, Vaqtni o’zimizga do’st bilib, uni qimmatli hisoblab umrimizni barakali qilaylik do’stlar.Barakali umr qanday bo’ladi?! Bu buyuk ulamolar oz yashashsada hatto hisoblaganda yozgan asarlariyu qilgan amallariga umrlari yetmay qolishi( zamonaviy tilda paradoks).Ulamolar nima qilishgan buning uchun, Ular avvalo niyatni to’g’ri qilishgan. Niyatni Alloh roziligi deb bilib shu yo’lda jiddu jahd qilishgan. Alloh bizni ko’rib turibdi, eshitib turibdi va hatto ichimizdagi o’y fikrimizni ham bilib turibdi.Xo’sh, aytgin ey do’stim? Seni yaratgan Zot qanchalik qudratli ekanini his qilyapsanmi? Qalblar egasi bo’lmish Alloh hammamizning qalbimizga  Iymon, Ilm,mehr- muhabbatni limmo lim to’ldirib qo’ysin inshaalloh. 

Qo’lingizda Mablag’ingiz bormi?

borida muhtojlarga ulashing! Savob olib qoling!

Qo’lingizda Sog’ligingiz, kuch quvvatingiz bormi?

Borida mehnat qilib qoling, maqsad sari ildam qadamlar ila olg’a boring!

Qo’lingizda vaqtingiz bormi? 

Unda bu vaqtni yo’qotmay turib,savob amallar qilib qoling, ilm oling ey do’stim, kitob o’qing ey do’stim!

Zero hamma haqiqiy  bilimlar Allohga eltadi!

Categories: Uncategorized